“Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (446-son, 24.07.2024 y.) qabul qilindi

30.07.2024 1051

Qarorga ko‘ra, “Zangiota-2” shifoxonasi faoliyati tugatilib, uning o‘rnida davlat muassasasi shaklidagi 500 o‘rniga mo‘ljallangan Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasi (Bolalar shifoxonasi) tashkil etiladi.

 Bolalar shifoxonasining asosiy vazifalari quyidagilar etib belgilandi:

18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda zarur tibbiy tekshiruvlarni o‘tkazish, ularga yuqori malakali tibbiy-konsultativ hamda ixtisoslashtirilgan statsionar yordamini ko‘rsatish;

tuman tibbiyot birlashmalariga amaliy-metodik yordam berish;

Toshkent shahar tibbiyot muassasalari amaliyotiga zamonaviy tibbiyot texnologiyalari va boshqaruv usullarini joriy etishda ko‘maklashish;

tibbiyot xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda ishtirok etish.

 2024 yil 1 sentyabrgacha Bolalar shifoxonasining bino va inshootlarida zarur qurilish hamda taʼmirlash ishlarini o‘tkazish orqali uni bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatishga moslashtiriladi.